Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hindiston AQShdan sotib olgan qaysi qurollari bilan Xitoyni qo‘rqitib qo‘ymoqchi?

Hindiston AQShdan sotib olgan qaysi qurollari bilan Xitoyni qo‘rqitib qo‘ymoqchi?

Foto: «News.myseldon.com»

Nyu-Deli AQShdan sotib olgan eng zamonaviy qurollarni mamlakat shimoli-sharqidagi Tavang platosiga joylashtirdi. Bu hudud Xitoy bilan chegaradosh. Bu haqda Xitoyning Oriental Daily News nashri yozmoqda.

OAV xabarlariga ko‘ra, Hindiston 28-oktyabr – payshanba kuni qurollanish tizimini joylashtirgan. Hududga Amerikada ishlab chiqarilgan Chinook vertolyotlari, M-777 o‘ta yengil gaubitsalari va SIG Sauer 716 avtomatlari joylashtirilmoqda. Bularning barchasi Pekinni qo‘rqitish uchun ataylab Xitoy chegaralari yaqiniga joylashtirilgani taxmin qilinmoqda.

«TASS» Hindiston Qurolli kuchlari Sharqiy qo‘mondonligi bosh qo‘mondoni, general-leytenant Manoj Pandeaning so‘zlariga tayanib, tog‘ zarbalari korpusi to‘liq ishga tushganini ma’lum qilgan.

2020 yilning may oyida ikki davlat chegarachilari o‘rtasida qonli to‘qnashuvlar sodir bo‘lganda Sharqiy Ladakxdagi Hind-Xitoy mojarosi yana avj oldi. Ikki davlat o‘rtasidagi aniq demarkatsiya chizig‘ining yo‘qligi sababli yuzaga kelgan chegara mojarosi 1950-yillardan beri davom etib kelmoqda. Xitoy Tibet va Hindiston hukmronliklari o‘rtasidagi chegarani belgilab beruvchi Makmaxon chizig‘ini tan olmaydi. Har ikki tomon o‘z yerlarining noqonuniy bosib olinganligini e’lon qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring