Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda poyezd izdan chiqib ketdi, qurbonlar bor

Hindistonda poyezd izdan chiqib ketdi, qurbonlar bor

Foto: «India.com»

Hindistonning G‘arbiy Bengaliya shtatida Guvahati—Bikaner yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdi izdan chiqib ketdi, deb xabar berdi NDTV.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 5 kishi halok bo‘lgan, 45 dan ziyod odam jarohatlangan.

G‘arbiy Bengaliya shtati talafot ko‘rganlarga tovon puli to‘lanishini e’lon qildi. halok bo‘lganlarning oilalariga 500 ming rupiy (6,7 ming dollar)dan, jarohat olganlarga 100 ming rupiy (1,3 ming dollar)dan beriladi.

Foto: «Business-standard.com»

Guvohlardan birining aytishicha, «keskin siltanish yuz berib, so‘ngra vagonlar izdan chiqib ketgan». Hodisa yuzasidan tergov boshlangan. Qurbonlar soni oshishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring