Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IIV Patrul - post xizmatiga rahbar tayinlandi

IIV Patrul - post xizmatiga rahbar tayinlandi

Foto: «Xabar.uz»

Polkovnik Umarxonov  Azizxon Sharipxonovich IIV Patrul - post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda IIV Axborot xizmati xabar berdi. 

Bunga qadar A.Umarxonov Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Polkovnik Alikariyev Murodilla Saydullayevich Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar M.Alikariyev Toshkent shahar IIBB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring