Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Infeksiya yuqtirgan bemor tuzli ovqatlarni iste’mol qilsa bo‘ladimi?

Infeksiya yuqtirgan bemor tuzli ovqatlarni iste’mol qilsa bo‘ladimi?

AOKA zalida Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Koronavirusga chalingan odam tuzli ovqatlarni iste’mol qilsa bo‘ladimi? Qancha miqdordagi tuzli mahsulot me’yor hisoblanadi?

Tuzli ovqat mahsulotlarni me’yorida iste’mol qilsa bo‘ladi, agar juda ham sho‘r bo‘lmasa.

JSSTning kundalik iste’mol qilinishi kerak bo‘lgan tuz miqdorini kuniga 5 grammdan oshmasligi kerak deb belgilaydi.

Agarda surunkali ravishda bu me’yordan ortiqcha tuz iste’mol qilinsa, inson organizmida yurak-qon tomir kasalliklari, ayniqsa qon bosimining ko‘tarilishiga ta’sir qilishi mumkin deb baholaydi.

Bugungi kunda esa, koronavirus kasalligi qon bosimi yuqori bo‘lgan yoki yurak qon-tomir kasalliklariga moyilligi bo‘lgan shaxslarda og‘irroq kechayotgani olimlar va shifokorlar tomonidan ta’kidlanib kelinmoqda. Shuning uchun, ortiqcha iste’mol qilingan tuz va uni surunkali ravishda iste’mol qilinishiga o‘tilishi koronavirus kasalligini og‘irroq kechuviga sabab bo‘lishi mumkin.

Ovqatlanish borasida, yangi mahsulotlardan tayyorlangan ovqatlar doim organizmga shifo sifatida ta’sir qiladi. Xa, bu o‘rinda uni tayyorlash va saqlash qoidalariga ham rioya qilsangiz, organizmingizni sog‘lom bo‘lishini ta’minlaysiz va immun tizimini mustahkamlaysiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring