Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Karantinda «haddidan oshgan» IIB xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi boshlandi

Karantinda «haddidan oshgan» IIB xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi boshlandi

Foto: IIV axborot xizmati

Telegramdagi «Elon_qashqadaryo» kanalida tarqalgan «Qonun himoyasida turib o‘zlari qonunni buzayotganlarni kamida ishdan bo‘shatish kerak» sarlavhali video tasvir yuzasidan IIV axborot xizmati ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyati Koson tumanida joriy yilning 30 may kuni soat taxminan 21.40larda aholining karantin tadbiri qoidalariga amal qilishini nazorat qilish maqsadida o‘tkazilgan tungi reyd davomida, tumanning Nihol MFYda joylashgan «Nihol Saidbaraka» savdo do‘koni yonida Qashqadaryo viloyati IIB tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi xodimi, qonunda belgilangan vazifasidan chetga chiqib, shu MFYda yashovchi 1992 yilda tug‘ilgan X.M.ga nisbatan noqonuniy ravishda kuch ishlatib, uni sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazgan.

Xozirda IIV O‘z xavfsizligi xizmati Qashqadaryo viloyati bo‘linmasi tomonidan holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan bo‘lib, tadbir ishtirokchilarining har birini hatti-harakatlariga qonuniy baho beriladi, – deyiladi IIV xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring