Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda kitobxonlik tanlovi g‘oliblariga noutbuk berildi (foto)

Qashqadaryoda kitobxonlik tanlovi g‘oliblariga noutbuk berildi (foto)

Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani madaniyat va aholi dam olish markazida maktab o‘quvchilari o‘rtasida «Zukko kitobxon» tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlov «Kitoblik kitobxonlar klubi» tomonidan tashkil etildi. «Fariddin ota» fondi va «MEDICOM» kompaniyasi homiyligida o‘tgan tanlovning final bosqichi 6 ishtirokchi o‘rtasida kechdi.

1-o‘rin: Otamurodov Doniyor -noutbuk;

2-o‘rin: Esonmurodova Laylo-noutbuk;

3- o‘rin: Nematov Mirshod-planshet bilan taqdirlanishdi.

1-O‘rinni egallagan o‘quvchining ustozi F.Qudratova 3/1 printer sohibi bo‘ldilar.

2-o‘rindagi 5-maktab o‘qituvchisi F. Isroilova 1 million so‘mlik chek, 3-o‘rindagi 28- maktab o‘qituvchisi Z.Nazarova 500 ming so‘mlik chek sohibi bo‘lishdi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring