Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ko‘plab migrantlar Rossiyada yashash va ishlash imkoniyatidan mahrum bo‘ladi

Ko‘plab migrantlar Rossiyada yashash va ishlash imkoniyatidan mahrum bo‘ladi

Foto: EPA-EFE

Bundan keyin xorij fuqarolari Rossiyada patent yoki ishlash uchun ruxsatnoma olish, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tishga ariza berish uchun birinchi navbatda COVID-19 uchun tekshiruvdan o‘tishi kerak. Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tegishli buyruq chiqarildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.

Buyruq bilan yangi koronavirus infeksiyasi tegishli kasalliklar ro‘yxatiga kiritildi. Endi agar ushbu infeksiya aniqlansa, boshqa davlatlar fuqarolariga Rossiyada yashash va ishlash imkoniyati rad etiladi.

Koronavirusdan tashqari, ushbu ro‘yxatga OIV, sil, sifilis (zaxm) va moxov kasalligi ham kiritilgan.

Buyruqda yozilishicha, Rossiyada qonuniy bo‘lish uchun chet elliklar yuqumli kasalliklar bo‘yicha shifokorga borishi va nuklein kislotasini kuchaytirish usullaridan foydalangan holda COVID-19ga laboratoriya tekshiruvidan o‘tishi kerak, ya’ni koronavirus uchun PZR testini topshirish lozim.

Ilgari, ro‘yxatdan o‘tish va shartnoma asosida O‘zbekiston hamda Tojikiston fuqarolari bir yil muddatga patent olishlari mumkin edi, shundan keyin ular rasmiy mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlagan bo‘lsa, mamlakatdan chiqmasdan yana bir marta qayta ro‘yxatdan o‘tish huquqiga ega edilar. 17 aprel kuni Davlat dumasi chet el fuqarolarining Rossiyadan chiqib ketmasdan mehnat patentlarini uzaytirish huquqini qonuniylashtirdi.

Moskva uchun 2020 yilda patentning oylik qiymati 5350 rubl (76,6 AQSh dollari) miqdorida belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring