Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda yana aholi orasida virus yuqtirish holatlari ko‘paydi

Toshkentda yana aholi orasida virus yuqtirish holatlari ko‘paydi

2020-yil 1-iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3702 (+29) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. 

Yangi kasallanish holatlarining 22 nafari Karantin markazidagi (20 nafari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan charter reys bilan kelgan, 2 nafari esa koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan) fuqarolar orasida, 6 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, 1 nafari esa Samarqand viloyatida karantinda bo‘lgan fuqaroda aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 2859 (+22) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aydi.

Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 828 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring