Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Namanganda o‘quv mashinasi ishtirokida ayanchli YTH sodir bo‘ldi

Namanganda o‘quv mashinasi ishtirokida ayanchli YTH sodir bo‘ldi

Foto: Namangan viloyati IIB YHXB axborot xizmati

Namangan viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir haydovchi halok bo‘ldi, yana ikki kishi shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishichp, «Farg‘ona halqa yo‘li» avtomobil yo‘lining 93-kilometrida harakatlanib ketayotgan Gentra avtomashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi tarafdan harakatlanib kelayotgan Cobalt o‘quv mashinasi avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan. 

Oqibatda Gentra haydovchisi voqea joyida vafot etgan. Cobalt avtomashinasi haydovchi hamda yo‘lovchisi shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring