Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

OAV: Serdar Berdimuhamedov davolanish uchun Germaniyaga bordi

OAV: Serdar Berdimuhamedov davolanish uchun Germaniyaga bordi

Foto: Xronika Turkmenistana.

21-iyun kuni Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov davolanish uchun Germaniyaga jo‘nab ketgan. Bu haqda Turkman News nashri xabar bergan. 

Ashxoboddan havoga ko‘tarilgan EZ-A780 raqamiga ega Boing 777-200 LR yo‘lovchi samolyoti mahalliy vaqt bilan ertalab soat 6:40da Myunxen ayeroportiga qo‘nib, keyin Frankfurtga uchgan.

Nashrning yozishicha, kichik Berdimuhamedov Myunxendagi klinikalardan biriga borgan va 23-iyun kuni Turkmanistonga qaytadi.

Davlat rahbarining dushanba kunlari, qoida tariqasida, viloyatlar rahbarlari bilan ishchi yig‘ilishi o‘tkazgani bu ma’lumotlarni bilvosita tasdiqlaydi.

Biroq 21-iyun kuni davlat nashrlari yangiliklarida prezident faoliyatiga oid hisobotlar e’lon qilinmagan. 

Bundan tashqari mazkur samolyot garchi mahalliy yo‘lovchi avialayneri bo‘lsada, undan o‘z vaqtida avvalgi prezident Gurbanguli Berdimuhammedov foydalanib turgan. 

Serdar Berdimuhamedov shu oy boshida Umra ziyoratini ham ado etgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring