Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Omikron-bemor» qancha vaqtgacha virusni boshqalarga yuqtirishi mumkin?

«Omikron-bemor» qancha vaqtgacha virusni boshqalarga yuqtirishi mumkin?

Foto: «Xabar.uz»

«Omikron» shtammi Britaniyada paydo bo‘lganidan so‘ng virusni yuqirganlarni yakkalash muddati qisqartirildi.  «The Conversation» vaqtni qisqartirish qanchalik o‘rinli chora ekaniga aniqlik kiritishga urinib ko‘rdi.

Mutaxassislarga ko‘ra, 79 ta ilmiy maqola tizimli o‘rganib chiqilgan. Maqolalarda nafaqat bemorlarga virus yuklamasi, balki ularning (bemorlarning) o‘zlari qancha vaqtgacha virusni tarqatuvchi manba bo‘lib qolishlari baholangan.

O‘rganishlar kasallikni yuqtirgandan boshlab virus yuklamasi dastlabki ikki kunda pastligini, uchinchi kundan oltinchi kungacha eng yuqori cho‘qqisiga chiqishini, yettinchi kundan to‘qqizinchi kungacha pasayib borishini ko‘rsatdi. Boshqacha aytganda, 10 kunlik yakkalash tartibiga rioya qilish kerakligini ilmiy asoslangan ma’lumotlar ham tasdiqlayapti.

Ekseter universiteti o‘tkazgan kichik tadqiqot esa har uchinchi bemor kasallanganidan besh kun o‘tib ham potensial xavfli, ya’ni virusni yuqtiruvchan ekanini ko‘rsatdi.

Shuning uchun ham yakkalash tartibini 5 kunlik qilish unchalik ham maqsadga muvofiq chora emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring