Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Peru muxolifati davlat rahbarining iste’fosini talab qilmoqda

Peru muxolifati davlat rahbarining iste’fosini talab qilmoqda

Foto: «AA»

Perudagi muxolif partiyalar prezident Pedro Kastiloni «ma’naviy qobiliyatsizligi» tufayli lavozimidan chetlatilishini talab qildi.

Tegishli hujjatni uchta muxolif partiyadan 28 deputat qo‘llab-quvvatladi.

Muxolifatchilar davlat rahbarini «ma’naviy qobiliyatsizlik» va saylov kampaniyasi vaqtida hukumat mablag‘laridan noqonuniy foydalanganlikda ayblamoqda.

Peru qonunchiligiga ko‘ra, masalani yalpi majlisga olib chiqish uchun 130 kongressmendan 52 nafari qo‘llab-quvvatlashi, impichment e’lon qilish uchun esa Kongressning 130 a’zosidan kamida 87 nafari ovoz berishi kerak.

Tahlilchilar va mahalliy ommaviy axborot vositalarining fikricha, muxolif partiyalar rezolyusiyani muhokama qilish va qabul qilish uchun Kongressda yetarlicha yordamga ega emas.

Muxolifat hukumat ommaviy axborot vositalariga yomon munosabatda bo‘lishini, jamiyat oldida javobgar emasligini va so‘z erkinligini ta’minlash uchun hech qanday harakat qilmayotganini ta’kidlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring