Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oq uy yonidagi namoyishlar vaqtida Trampni yer ostidagi bunkerga yashirib qo‘yishdi

Oq uy yonidagi namoyishlar vaqtida Trampni yer ostidagi bunkerga yashirib qo‘yishdi

Foto: «nytimes.com»

Maxfiy xizmat xodimlari Vashingtonda Oq uy yaqinidagi namoyishlar vaqtida xavfsizlik maqsadida AQSh prezidenti Donald Trampni yer ostidagi bunkerga yashirib qo‘yishdi. Bu haqda «The New York Times» xabar berdi.

Nashrning yozishicha, yuzlab norozi amerikaliklar prezident ma’muriyatiga kelishgan. Ular Trampni haqoratlab, gohida g‘isht va shishalarni ham uloqtirishgan. Shu munosabat bilan, davlat rahbarini avvallari terrorchilik hujumlari vaqtida ishlatilgan yer osti bunkeriga yashirishga qaror qilishdi.

Ta’kidlanishicha, ayrim maslahatchilar kundan-kunga kuchayayotgan noroziliklarning oldini olish uchun Amerika rahbariga xalqqa murojaat qilishni tavsiya etishgan. Biroq 31-may yakshanba kuni bo‘lgani uchun u jamoat ishlari bilan shug‘ullanmagan.

Vaziyat keskinlashganligi tufayli Oq uy mutasaddilariga uyda qolish tavsiya etilgan. Vashington meri Myuriel Bouzer shaharda komendantlik soatini joriy qildi, shuningdek, vaziyatni nazoratga olish uchun milliy gvardiya ham jalb etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring