Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan shaxs qo‘lga olindi

O‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan shaxs qo‘lga olindi

Foto: Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati

Qashqadaryoda o‘ta og‘ir turdagi jinoyatni sodir etib qidiruvda bo‘lgan shaxs «Xavfsiz hudud» tadbirlari davomida Toshkent viloyatida qo‘lga olindi.

Ma’lum qilinishicha, kecha 23 noyabr kuni O‘rta Chirchiq tumani IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyat qidiruv bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan bir yildan buyon qidiruvda bo‘lgan shaxs ushlandi.

1993 yilda tug‘ilgan Sh.Sh. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 164-moddasi 3-qismi va 25, 97-moddasi 2-qismi «v, d, j, n, o, p» bandlarida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan. U 2020 yilning sentyabr oyidan Qashqadaryo viloyati IIB tomonidan qidiruvda bo‘lgan.

Ushlangan vaqtida fuqaro Sh.Sh. qochishga uringan va ichki ishlar organlari xodimlariga bo‘ysunmay, faol qarshilik ko‘rsatgan.

Hozirda qilmishga yarasha jazoning muqarrarligi va qonun ustuvorligi ta’minlanib, unga nisbatan yuritilgan qidiruv ishi tugatildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring