Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda yangi rekord qayd etildi

O‘zbekistonda yangi rekord qayd etildi

Foto: Xabar.uz

Bugun poytaxtimizdagi Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi klinikasida 82 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 50 nafar, shahar 1-son klinik shifoxonasida 45 nafar, jami 177 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ta’kidlash joizki, avval xabar berilganidek, bugun Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 7 nafar, Xorazm viloyatida 18 nafar bemor sog‘aygandi. Shu tariqa shifokorlarimizning fidoyiligi sabab bugun 202 nafar inson koronavirus infeksiyasida forig‘ bo‘ldi va sog‘ayish ko‘rsatkichi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi. Eslatib o‘tamiz, oxirgi rekord ko‘rsatkich 25-iyun kuni qayd etilgan bo‘lib, 192 nafar bemor tuzalgan va uyiga kuzatilgandi.

Kecha, 26-iyun kuni esa mamlakatimizning turli hududlaridagi tibbiyot muassasalaridan 161 nafar bemor kuzatildi.

E’tiborli jihati, bugunning o‘zida poytaxtimizdagi tibbiyot muassasalarida 184 nafar  bemor koronavirus infeksiyasidan forig‘ bo‘lib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida “COVID-19”dan sog‘ayganlar soni 3044 nafarga yetdi.

Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab sog‘ayganlar soni 5240 nafarni tashkil etmoqda. Endilikda shifokorlarimiz yurtimizning turli hududlarida 2291 nafar bemorni belgilangan standartlar asosida davolamoqdalar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring