Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistondagi sud islohotlari Index of Economic Freedom hisobotida e’tirof etildi

O‘zbekistondagi sud islohotlari Index of Economic Freedom hisobotida e’tirof etildi

Xalqaro investor va tadbirkorlar uchun xalqaro reyting hamda indekslarning ahamiyati muhimligidan kelib chiqilsa, har bir davlat uchun ushbu ko‘rsatkichlarda yuqori pog‘onalarni egallash kun tartibidagi asosiy masala hisoblanadi.

Meros jamg‘armasi (The Heritage Foundation) tomonidan yuritiladigan Iqtisodiy erkinlik indeksining Sud faoliyati samaradorligi (Judicial Effectiveness) indikatori bo‘yicha 2021 yilda O‘zbekiston 52 ta pog‘onaga yuqorilab, mazkur reytingda keskin o‘sishni qayd etdi. Mamlakatimiz 2020 yilda Sud faoliyati samaradorligi indikatorida 34,2 ball bilan 126-o‘rindan joy olgan bo‘lsa, 2021 yilda o‘z ballarini 50,8 ga yetkazib, 74-o‘rinni egalladi.

Sud faoliyati samaradorligi indikatorining baholash metodologiyasi baholanayotgan mamlakatdagi sud jarayonlarining sifati, sudlarning mustaqilligi, sud qarorlarini olishda favoritlik ko‘rsatkichlariga asoslanadi.

Sud faoliyati samaradorligi indikatoridagi ushbu yaxshilanish mamlakatning Iqtisodiy erkinlik indeksidagi umumiy o‘rni 2020 yildagi 114-o‘rindan (57,2 ball) 2021 yilda 108-o‘ringa (58,3 ball) ko‘tarilishiga hissa qo‘shdi.

Sud sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakatda huquq ustuvorligini ta’minlash bilan bir qatorda Prezidentimizning 2020 yil 2 iyundagi PF–6003-son Farmonida belgilangan O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha samaradorlikning eng muhim ko‘rsatkichlari (KPI) ga erishilishi orqali mamlakatimizning xalqaro maydondagi e’tirofiga xizmat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring