Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qaysi hudud qanaqa rangda? Qoraqalpog‘iston, Andijon, Buxoro va Jizzax (1-qism)

Qaysi hudud qanaqa rangda? Qoraqalpog‘iston, Andijon, Buxoro va Jizzax (1-qism)

Foto: Xabar.uz

Respublika maxsus komissiyasi axboroti e’lon qilinib, amaldagi karantin talablari 2020-yil 15-iyunga qadar uzaytirildi.

Unga ko‘ra, 2020-yil 1-iyundan boshlab bir qator faoliyat turlariga ruxsat berildi. Jumladan, «Yashil» hududlarda to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishga, «qizil» hududlarda to‘xtamagan holda avtobuslar harakatiga, 5-iyundan boshlab O‘zbekiston professional futbol ligasi chempionatlarini tomoshabinlar ishtirokisiz davom ettirishga ruxsat berildi.

Yuqoridagilar bilan bir qatorda BARChA HUDUDLARDA ularning toifasidan qat’i nazar quyidagi karantin talablari saqlab qolinishi belgilandi. Shuningdek, shaxsiy avtomobillarda viloyatlararo harakatlanish taqiqlandi.

Xo‘sh, qaysi hudud qanaqa rangda?

Koronavirus infeksiyasining tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda «qizil», «sariq» va «yashil» hududlarga ajratilgan tuman (shahar)lar:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi:

«Qizil» hudud

  • Qo‘ng‘irot tumani,
  • Taxtako‘pir tumani.

«Sariq» hudud

  • Nukus shahri

«Yashil» hudud

  • Amudaryo tumani, Beruniy tumani, Qanliko‘l tumani, Qorao‘zak tumani, Kegeyli tumani, Mo‘ynoq tumani, Nukus tumani, To‘rtko‘l tumani, Xo‘jayli tumani, Chimboy tumani, Shumanay tumani, Ellikqala tumani, Taxiatosh tumani, Bo‘zatov tumani.

Andijon viloyati:

«Qizil» hudud

  • Andijon shahri,
  • Andijon tumani.

«Yashil» hudud

  • Xonobod shahri, Baliqchi tumani, Bo‘z tumani, Buloqboshi tumani, Izboskan tumani, Qo‘rg‘ontepa tumani, Marhamat tumani, Ulug‘nor tumani, Xo‘jaobod tumani, Jalaquduq tumani, Shahrixon tumani, Oltinko‘l tumani, Paxtaobod tumani, Asaka tumani.

Buxoro viloyati:

«Yashil» hudud

  • Kogon shahri, Buxoro tumani, Vobkent tumani, Kogon tumani, Qorovulbozor tumani, Peshku tumani, Romitan tumani, Shofirkon tumani, Jondor tumani, G‘ijduvon tumani, Olot tumani, Qorako‘l tumani, Buxoro shahar.

Jizzax viloyati:

«Yashil» hudud

  • Jizzax shahri, Arnasoy tumani, Baxmal tumani, G‘allaorol tumani, Sharof Rashidov tumani, Do‘stlik tumani, Zomin tumani, Zarbdor tumani, Zafarobod tumani, Mirzacho‘l tumani, Paxtakor tumani, Forish tumani, Yangiobod tumani.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring