Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qoraqalpog‘iston DSB amaldori sud qilindi

Qoraqalpog‘iston DSB amaldori sud qilindi

Foto: «saliq.uz»

Ijtimoiy tarmoqlarda «Qoraqalpog‘iston DSB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari hududiy DSI boshliqlaridan pul olganligi, davlat va jamiyat manfaatlariga 31,5 mlrd so‘m zarar yetkazilishiga sababchi bo‘lganligi, prokuratura taqdimnomasiga ko‘ra unga nisbatan intizomiy chora ko‘rilishi belgilanganligi» haqida xabarlar tarqaldi.

Ushbu holat bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, sudlanuvchi Yu.S.ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus shahar sudi tomonidan mazmunan ko‘rib chiqilgan.

Sudning 18.04.2022 yilgi hukmiga ko‘ra, Yu.S. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilib, unga JKning 45-moddasi qo‘llanilib, 1 yil 6 oy muddatga Soliq organlarida ishlash huquqidan mahrum qilingan hamda har oylik ish haqisining 20 foizini davlat daromadiga ushlash yo‘li bilan 1 yil 6 oy axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring