Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘istondagi YTH qurbonlari soni oshdi

Qozog‘istondagi YTH qurbonlari soni oshdi

Favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari boshchiligida tashkil etilgan ishchi guruh kecha, 13 may kuni Jualin tumanining markaziy shifoxonasiga yetib borib, Qozog‘istonning mas’ul idoralari rahbarlari bilan uchrashgan. Jualin tuman markaziy shifoxonasidan yo‘lga chiqib, bugun, 14 may kuni soat 04:55 da O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasi «G‘ishtko‘prik» bojxona maskaniga kelgan.

Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Tashqi ishlar, Sog‘liqni saqlash va Transport vazirliklari hamkorligida 2 nafar vafot etgan fuqarolarning jasadlari yashash manzili – Buxoro va Xorazm viloyatlariga yuborilgan. Hozirda mahalliy hokimliklar tomonidan marosim tadbirlarini o‘tkazish yuzasidan tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Bugun, 14 may kuni baxtsiz hodisa oqibatida yana bir fuqaro vafot etgan. Ayni paytda marhumni olib kelish yuzasidan zarur choralar ko‘rilmoqda.

Olib kelingan 23 nafar fuqarodan, 18 nafar jarohatlanganlar Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markaziga joylashtirilgan, 5 nafar fuqaroning ahvoli yaxshi bo‘lgani uchun uyiga javob berilgan.

Hozirgi vaqtda markazga joylashtirilgan fuqarolarning ahvoli shifokorlarning qat’iy nazoratiga olinib, tegishli muolajalar o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring