Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rasman: Yosixide Suga — Yaponiya bosh vaziri

Rasman: Yosixide Suga — Yaponiya bosh vaziri

Foto: «Reuters»

Parlamentda vakillar palatasining eng ko‘p ovozini olgan Yosixide Suga Yaponiya yangi bosh vaziri bo‘ldi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Ovoz berish jarayoni parlament quyi palatasi saytida onlayn translyasiya qilingan.

Jami 462 ta byulleten haqiqiy deb topilgan, shulardan 314 tasida Yosixide Suganing nomzodi qo‘llab-quvvatlangan.

Eslatib o‘tamiz, bugun parlamentning vakillar (quyi) palatasi yangi bosh vazirni saylash uchun navbatdan tashqari yig‘ilishga to‘plandi. Palatada Liberal-demokratlar partiyasi va Komeyto partiyasi 465 ta o‘rindan 313 tasini band etgani uchun Yosixide Suganing g‘alabasi oldindan kutilayotgandi. Qolaversa, yuqori palatada ham yetakchi partiya ko‘pchilik ovozga ega edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring