Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda gaz xodimi bir fuqaroni 5 marta aldagan

Samarqandda gaz xodimi bir fuqaroni 5 marta aldagan

Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyati boshqarmasi va Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi ikki fuqaro arizalari yuzasidan tekshiruv o‘tkazgan.

Aniqlanishicha, «Kattaqo‘rg‘onshahargaz» filiali sobiq xodimi P.M. fuqaroning ishonchiga kirib, uni aldagan. Tabiiy gazdan mavjud qarzdorligini «qoplab» berishni va’da qilib, undan 2016 yil iyun oyida 200 AQSh dollari va 700 ming so‘m naqd pullarni hech qanday to‘lov pattasini bermasdan, firibgarlik yo‘li bilan olib ketgan.

Bundan tashqari, P.M. o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirgan holda yana bir fuqaro ishonchiga kirgan va tabiiy gazdan mavjud qarzdorligini o‘chirib, hisoblagich o‘rnatib berishni va’da qilgan.

2018-yil 1-noyabr kuni undan avval 120 ming so‘m, bir haftadan keyin hisoblagichni ko‘rikdan o‘tkazish uchun 80 ming so‘m, 22-noyabr kuni hisoblagich sotib olish uchun 200 ming so‘m, 1-dekabrda unga xatlov dalolatnomasi va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish evaziga 300 ming so‘m va 15-dekabr kuni 600 ming so‘m — jami 1 million 300 ming so‘m pullarni firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirgan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida P.M.dan har ikki fuqarodan olingan pullarning 1,4 mln. so‘mi xolislar ishtirokida zararni ixtiyoriy qoplash tariqasida olinib, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan «Kattaqo‘rg‘onshahargaz» filiali sobiq xodimi P.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, shahar prokuraturasiga yuborilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring