Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Qo‘rqinchli Toshkent». Sanoqli soatlar ichida poytaxtda yuzlab kasallanganlar aniqlandi

«Qo‘rqinchli Toshkent». Sanoqli soatlar ichida poytaxtda yuzlab kasallanganlar aniqlandi

2020-yil 27-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 21 209 (+257) nafarni tashkil etmoqda.

SSV xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining barcha, ya’ni 257 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 337 nafar, Toshkent viloyatida 75 nafar, Qashqadaryo viloyatida 53 nafar, Andijon viloyatida 32 nafar, Namangan viloyatida 22 nafar, Sirdaryo viloyatida ham 22 nafar, Farg‘ona viloyatida 15 nafar hamda Jizzax viloyatida 13 nafar, jami 569 nafar bemor tuzalib, rekord natija qayd etildi.

Shunday qilib, yurtimizda 11 674 (+569) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (55 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 9 414 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring