Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Sen yetim emassan» she’ri Ucell xodimlari ijrosida (video)

«COSSOM» MChJ (Ucell savdo belgisi) xodimlari Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan video tayyorladilar.

Tasvirga olish jarayonida kompaniyaning barcha bo‘lim va departamentlaridan 35 nafar xodim qatnashdi. Matn Gafur G‘ulomning 1942-yili yozilgan «Sen yetim emassan» she’ri va uning Anna Axmatova tomonidan rus tiliga tarjimasiga asoslangan.

Ikkinchi Jahon urushi paytida uch yuz mingta yetim qolgan bolalar O‘zbekistonda oila va uylarini topganlar. Shomahmudovlar oilasiga o‘rnatilgan yodgorlik buni bizga eslatib turadi. Oila ota-onasidan ayrilgan va Toshkentda urush paytida evakuatsiya qilingan 15 nafar bolani asrab olgan.

Qahramonlarning ismlarini yod olib, qadrlayotgan va ulg‘ayotgan yosh avlodga xalqning eng yaxshi xususiyatlarini yetkazish katta g‘ururdir. Ucell aloqa operatori barchaga ezgu tilaklarini yo‘llaydi.

Hamkorlik kelishuvi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring