Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahram G‘iyosovning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi

Shahram G‘iyosovning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi

Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida WBA International chempionlik kamari sohibi bo‘lib turgan hamyurtimiz Shahram G‘iyosov 15 avgust kuni meksikalik bokschi Fransisko Roxoga qarshi ringga ko‘tariladi.

Mazkur Jang AQShning Oklahoma shtatida (Talsa shahri) o‘tkaziladi.

Shu paytga qadar 26 yoshli Shahram professional boksda 9 jangda qatnashgan va barchasida g‘alaba qozongan (7 nokaut).

Fransisko Roxo hisobida 25 jang mavjud. Ularning 22 tasi g‘alaba (15 nokaut), 3 tasi mag‘lubiyat bilan yakunlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring