Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tashkent city»dagi «Nest One» binosida yong‘in sodir bo‘lgani haqida videolar tarqaldi

«Tashkent city»dagi «Nest One» binosida yong‘in sodir bo‘lgani haqida videolar tarqaldi

Foto: Videolavhadan skrinshot

«Tashkent city» hududida yana bir yong‘in sodir bo‘lgani videosi tarqaldi. Bu safar hududdagi eng baland inshoot — qurilishi davom etayotgan «Nest One» binosida yong‘in yuz bergani qayd etildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda inshoot tutun orasida qolganini, binoning tepa qavatlarida quruvchilar borligini ko‘rish mumkin.

Holat yuzasidan rasmiy axborot berilgani yo‘q. Norasmiy xabarlarga ko‘ra, hududda bitum (saqich) yoqishgani sabab quyuq tutun havoga ko‘tarilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 4 noyabr kuni hamda 12 dekabrida ham «Tashkent City» hududida yong‘in bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring