Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Test natijalari bo‘yicha 3 303ta shikoyat tushdi

Test natijalari bo‘yicha 3 303ta shikoyat tushdi

Foto: «Xabar.uz»

Davlat test markazi apellyasiya shikoyatlari bo‘yicha arizalarni qabul qilish yakunlanganini ma’lum qildi.

Apellyasiya shikoyatlari 21-avgustdan 30-avgustgacha Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlarida yozma va elektron shaklda qabul qilindi.

10 kun davomida 3 303 ta apellyasiya shikoyatlari kelib tushgan. Ushbu arizalar hududlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida - 53 ta;
  • Andijon viloyatida - 108 ta;
  • Namangan viloyatida - 84 ta;
  • Farg‘ona viloyatida - 188;
  • Buxoro viloyatida - 166 ta;
  • Xorazm viloyatida - 138 ta;
  • Surxondaryo viloyatida - 145;
  • Qashqadaryo viloyatida - 304 ta;
  • Jizzax viloyatida - 120 ta;
  • Navoiy viloyatida - 92 ta;
  • Samarqand viloyatida - 266 ta;
  • Sirdaryo viloyatida - 59 ta;
  • Toshkent shahrida - 1 580 ta.

«Apellyasiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 26-avgustdan boshlangan bo‘lib, bugun (30-avgust) mazkur jarayonning beshinchi kuni yakunlandi.

Ikki smenada jami 321 nafar ariza bergan abituriyentning e’tirozi ko‘rib chiqish rejalashtirilgan edi.

Shundan 258 nafari jarayonda ishtirok etdi, 63 nafari esa ishtirok etmadi.

O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik bayrami munosabati bilan apellyasiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 4 sentyabrdan davom ettiriladi», deyiladi DTM xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring