Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda koronavirusdan yana bir qurbon qayd etildi

Toshkentda koronavirusdan yana bir qurbon qayd etildi

Chilonzor tumanida yashovchi 86 yoshli Z.R. joriy yil 19-iyun kuni qon bosimi yuqoriligi, nutqi o‘zgarishi, qo‘l va oyoqlardagi kuchsizlik sabab Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan.

SSV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 27-iyun kuni ahvoli og‘irlashganligi sababli ushbu markazning reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan.

Unga insult, bosh miya shishi, gipertoniya kasalligi, yurak ishemik kasalligi, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, o‘tkir yurak va nafas yetishmovchiligi tashxisi qo‘yilgan.

Koronavirusga chalingan ushbu bemor (ayol) 20 yildan ortiq vaqt mobaynida gipertoniya kasalligi bilan og‘rib kelgan.

Markaz mutaxassislari tomonidan qator konsultatsiya va konsiliumlar o‘tkazilib, davolashning doimiy nazorati ta’minlangan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor miya shishi, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Bugun Uchtepa tumanida yashovchi 43 yoshli bemor ham koronavirusdan vafot etgani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring