Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda aholi orasida yuzdan ortiq koronavirus yuqtirganlar aniqlandi

Toshkentda aholi orasida yuzdan ortiq koronavirus yuqtirganlar aniqlandi

Foto:«Xabar.uz»

2020-yil 10-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 11 857 (+134) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 32 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 102 nafari Toshkent shahrida aholi orasida aniqlangan.

Bugun ayni paytga qadar yurtimizda 7 335 (+48) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (shundan 38 nafari Surxondaryo viloyatida, 6 nafari Xorazm viloyatida hamda 4 nafari Toshkent shahridagi 3-son tug‘ruq majmuasida) sog‘aydi.

Hozirda mamlakatimizda 4 469 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring