Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «samosud» videosini olib tarqatganlar jazolandi (video)

Toshkentda «samosud» videosini olib tarqatganlar jazolandi (video)

Foto: Videodan lavha

Ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki mashinalarni tasvirga olib, YHXBga videoni yuborib, daromad ko‘rayotgan insonni ushlab, uni «samosud» qilganlar haqidagi videolavha ancha shov-shuv bo‘lgandi.

«Yoshlar» telekanalida aytilishicha, «samosud» qilganlar kimligi aniqlanib, Toshkent shahar Uchtepa tumani IIBga olib borilgan. Ma’lum bo‘lishicha, «samosud» qilingan shaxs qoidabuzarlarni foto va videoga olish bilan shug‘ullanmagan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudi tomonidan chiqarilgan sud qaroriga ko‘ra, ushbu fuqarolar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan aybdor deb topilgan. «Samosud»chilarning biriga jarima va 12 sutka, uning yonida turgan va videoga olgan shaxslarga jarima va 10 sutkadan qamoq jazosi tayinlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring