Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda ikkita asosiy yo‘l vaqtincha yopiladi

Toshkentda ikkita asosiy yo‘l vaqtincha yopiladi

Ertaga, 22 may kuni Toshkentda Uzexpocenter va Intercontinental ko‘rgazmalar majmuasi hududida triatlon bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionati bo‘lib o‘tadi.

Shu sababli soat 6:00 dan 13:00 gacha qadar bir necha yo‘nalishlardagi yo‘l qismlari yopiladi:

  • Kichik xalqa avtomobil yo‘li — Bo‘zsuv ko‘prigidan (mo‘ljal: Minor masjidi va Malika) Chingiz Aytmatov ko‘chasi bilan kesishmagacha;
  • Sharof Rashidov shohko‘chasi — Xalqaro biznes markazidan Osiyo ko‘chasi bilan kesishmagacha.

Toshkent shahri hokimligi noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring