Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi bozorlarning yopiladigan kunlari ma’lum qilindi

Toshkentdagi bozorlarning yopiladigan kunlari ma’lum qilindi

Foto: Xabar.uz

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, pandemiya sharoitida aholi va hududlar xavfsizligini ta’minlash, profilaktik tadbirlarning o‘z vaqtida hamda talab darajasida bajarilishiga erishish maqsadida har haftada bir marta bozorlar yopilib, ularda dezinfeksiya tadbirlari o‘tkaziladi. Toshkent shahar hokimligi poytaxtdagi bozorlarning dezinfeksiya tadbirlari uchun qaysi kunlari yopilishini ma’lum qildi.

Hokimlik tomonidan taqdim etilgan jadvalga ko‘ra, bozorlarning dezinfeksiya uchun yopilishi har haftada quyidagi kunlarda va tartibda amalga oshiriladi.

Dushanba kuni

  • «Aviasozlar dehqon bozori»;
  • «Chilonzor dehqon bozori»;
  • «Eski Jo‘va dehqon bozori»;
  • «Yunusobod dehqon bozori»,
  • «Bek to‘pi savdo kompleksi»;
  • «Parkent universal savdo kompleksi»;
  • «Chilonzor buyum savdo kompleksi»;
  • «Chorsu buyum savdo kompleksi»;
  • «Yangiobod ixtisoslashgan bozori»;
  • «Sergeli avtomobil bozori».

Seshanba kuni

  • «Mirobod dehqon bozori»;
  • «Sergeli dehqon bozori»;
  • «Farhod dehqon bozori»;
  • «Qo‘yliq dehqon bozori».

Chorshanba kuni

  • «Askiya dehqon bozori»;
  • «Navro‘z dehqon bozori»;
  • «Qoraqamish dehqon bozori».

Juma kuni

  • «O‘rikzor savdo kompleksi»

Yakshanba kuni

  • «Oloy dehqon bozori»
  • «Toshkent qishloq xo‘jalik mahsulotlari ulgurji bozori» soat 12:00 dan 20:00 gacha

Mazkur kunlar tozalik kunlari hisoblanib, bozorlar va savdo komplekslari to‘liq yopiladi va sanitariya-epidemiologik tadbirlar, shu jumladan kuchaytirilgan tarzda dezinfeksiya tadbirlari amalga oshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring