Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Eng chekka hududlarda ham sifatli aloqani yo‘lga qo‘yamiz» – «Ucell» (video)

Xabar.uz muxbirlarining «Ucell» mintaqaviy filiallariga media-tur tashrifi davom etadi. Bu galgi lavhamiz Jizzax viloyatidagi «Ucell-Jizzax» mintaqaviy filialidan tayyorlandi.

Bugungi kunda «Ucell» kompaniyasi uyali aloqa bozorida yetakchi pog‘onani egallab kelmoqda. Bu, avvalo, eng yangi texnologiyalar, sarmoyalar, abonentlarga individual yondashuv va tinimsiz mehnat natijasidir.

Jizzax ofisining abonent bazasi 394 mingdan ziyodni tashkil etadi va har kuni 100 dan ziyod abonentga xizmat ko‘rsatadi. Viloyat bo‘yicha 84 ta dilerlik markazlari va 131 ta «Ucell» uyali aloqa xizmatlari savdo nuqtalari mavjud.

– Bizda xizmat ko‘rsatish sifati doim yuqori darajada bo‘lishi uchun dilerlik nuqtalari muntazam ravishda nazoratdan o‘tkaziladi, shuningdek, operatorlar bilan o‘quv mashg‘ulotlari olib boriladi – deydi «Ucell-Jizzax» mintaqaviy filiali direktori Jahongir Fozilov. – Bundan tashqari, mamlakatimizning har bir hududi, jumladan, eng chekka joylarida ham sifatli aloqa xizmatlarini ko‘rsatishga harakat qilamiz. Joriy va o‘tgan yillar davomida muhandislar bilan birga aloqa sifatini o‘rganish va faoliyatni yaxshilash uchun murojaat yuborgan abonentlar bilan joylarda uchrashuvlar ham tashkil etdik. Natijada tarmoqni rivojlantirishning batafsil rejasi tuzildi.

Karantin davrida filial xodimlari kundalik ravishda ofisga va uylariga ish mashinalarida yetkazilgan. Ayni paytda ham ijtimoiy masofani saqlash, tibbiy niqoblarni taqish holatlari saqlanib qolgan va barcha xodimlar shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlangan. Ofisda har kuni to‘rt marotaba dezinfeksiya tadbirlari o‘tkaziladi. Bundan tashqari, abonentlarga SIM-kartalar yetkazib berish tizimi ham yo‘lga qo‘yilgan.

Hudud bo‘yicha 250 dan ziyod tayanch stansiyalar mavjud. Ular tunu kun ishlab turishi uchun elektr ta’minotdan tashqari ko‘chma va statsionar generatorlar hamda quyosh batareyalari bilan jihozlangan.

– Viloyatimizda 250 da ziyod, jumladan, 2G, 3G, 4G konfiguratsiyada ishlaydigan tayanch stansiyalar mavjud. Bo‘limimizda 16 nafar xodim ishlaydi. Texnik xizmat ko‘rsatish guruhimiz bilan viloyatda sodir bo‘ladigan avariya holatlari, saytlarda yuz beradigan muammolarni o‘z vaqtida va tezkor bartaraf etamiz – deydi bo‘lim bosh muhandisi Murod Qurbonov.

Yil boshida Jizzax viloyatiga 16 ta stansiya o‘rnatildi. Joriy yil «Ucell» kompaniyasi mutaxassislari tomonidan juda katta ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, qamrovi yo‘q aholi punktlariga aloqa berish masalasi ko‘rilyapti. Unga ko‘ra, 2020-2021 yillarda 44 ta tayanch stansiya o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

– Bizning bo‘limda abonentlarga 5 nafar operator xizmat ko‘rsatadi. Pandemiya oldidan kuniga 200-300 kishi qabul qilgan bo‘lsak, hozirda 100 dan oshiq abonentga xizmat ko‘rsatyapmiz – deydi Abonentlar bo‘limi boshlig‘i Mirzahmad Yuldashev. – Mijozlarga qulayliklar yaratish maqsadida karantin davrida abonentlarga SIM-kartalarni uylariga yetkazib berishni yo‘lga qo‘ydik. Kompaniya ofisiga tashrif buyuruvchilar soni kamayishi ham shundan. Muhimi, operatorlarimiz imkon qadar niqoblar, qo‘lqoplar, himoya kiyimlari, antiseptik vositalar bilan ta’minlanyapti. Ular abonentlarga karantin qoidalariga rioya etgan holda tez xizmat ko‘rsatishga o‘tib, tushlik-tanaffussiz, hatto, shanba kunlari ham ishlashmoqda.

Biz sizlarni «Ucell-Jizzax» ofisida kutib qolamiz va xizmat ko‘rsatishga doim tayyormiz!

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring