Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ucell-Qo′qon»: Hammasi aholi uchun! (video)

«Ucell» mintaqaviy filiallariga media-turlarini davom etgan holda, Xabar.uz muxbirlari butun Farg‘ona vodiysini aylanib chiqdilar. Navbatdagi lavhamiz Qo‘qon shahridagi savdo va xizmatlar ofisidan tayyorlandi.

Hozirda Qo‘qondagi ofisda 15 nafar xodim faoliyat olib boradi: operatorlar, texniklar, muhandislar va boshqa mutaxassislar. Ular nafaqat shaharning o‘zida, balki atrofdagi tumanlarda ham yuzlab abonentlarga xizmat ko‘rsatadilar. SIM-kartalarni faollashtirish, tariflarni o‘zgartirish va yangi xizmatlarni ulash yanada qulay bo‘lishi uchun 81 ta dilerlik punkti ham mavjud.

— Reja asosida vaziyatni, aloqa qamrovini, qolaversa abonentlar istagini o‘rganish uchun tumanlarga chiqib aholi bilan suhbat olib boramiz. Bu bizga ishimizni takomillashtirishga, monitoring olib borishga yordam beradi, — deydi «Ucell-Qo′qon» rahbari Ma’ruf Muhitdinov.

Qo‘qon ofisining texnik bo‘limi 93 baza stansiyalariga xizmat ko‘rsatadi va uzluksiz aloqani ta’minlaydi. Tarmoq doimiy ravishda modernizatsiya qilinmoqda. Yetti tumanning to‘rttasida eski uskunalar muvaffaqiyatli qayta jihozlandi va 35ta yangi LTE stansiyalari o‘rnatildi. Qolgan uchta: O‘zbekiston, Furqat va Beshariq tumanlarida ham tarmoqni rivojlantirish rejaga kiritilgan.

Karantin paytida ofis barcha zarur chora-tadbirlarga amal qilib kelmoqda. Ofisdagi xodimlar shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlangan. Jamoaning bir qismi masofaviy ish tarziga o‘tkazildi. Texnik bo‘lim aloqalar sonini kamaytirish uchun jadvalga muvofiq ishlamoqda.

Mamlakatdagi eng yirik uyali aloqa operatorlaridan biri bo‘lgan «Ucell» joriy qilinayotgan zamonaviy texnologiyalar yordamida hayotning eng yaxshi tarafi hamma joyda va barcha uchun foydali bo‘lishiga intiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring