Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vertolyotda uchib, vaziyatni o‘rganib yuribmanu... — Shavkat Mirziyoyev

Vertolyotda uchib, vaziyatni o‘rganib yuribmanu... — Shavkat Mirziyoyev

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Buxoro viloyatida bo‘lib turibdi. Amaldagi davlat rahbari saylovchilar bilan uchrashuv vaqtida Olot voqealarini esladi va Sardoba ofatiga ham to‘xtalib o‘tdi.

— Sardobada bo‘lgan ofatni men kinoda ham ko‘rmagan edim. Mana endi gapirsam bo‘ladi — vertolyotda uchib, vaziyatni o‘rganib yuribmanu, oqib borayotgan odamlarni, dov-daraxtlarga osilib qolgan bolalarni ko‘rgandim.

O‘sha vaqtda Milliy gvardiya xodimlari katta qahramonliklar ko‘rsatdi. Uch nafar gvardiyachi qahramonlarcha halok bo‘ldi, ammo odamlarning hayotini saqlab qoldik.

Bu ham ko‘rgulik, katta sinov bo‘ldi. Bu sinovlardan nima uchun o‘tdik? Birlashganimiz, zabardast bo‘lganimiz uchun. Olot voqeasidan ham, Sardoba voqeasidan ham birdamlik bilan o‘ta oldik.

Boshimizga katta sinovlar keldi va ular tufayli biz toblandik, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring