Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yalpi majlis: ko‘riladigan masalalar ma’lum

Yalpi majlis: ko‘riladigan masalalar ma’lum

Oliy Majlis Senatining yigirma oltinchi yalpi majlisi 2022 yil 28 may kuni chaqiriladi. Bu haqda kecha, 20 may kuni Senat kengashi qaror qabul qilgan.

Navbatdagi yalpi majlisda quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi:

  • «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi;
  • «Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi;
  • «Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi;
  • «Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga qo‘shimcha va o‘zgartish kiritish haqida»gi qonunlar;
  • iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’yektlari hamda aholi turar joylarida quyosh va shamol energiyasidan foydalanish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘rovi natijalari;
  • Internet jahon axborot tarmog‘ida yoshlar va voyaga yetmaganlar uchun milliy kontentni rivojlantirish, ularning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati va zararli axborotdan himoya qilish masalalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘rovi natijalari;
  • yengil sanoat va charm sanoati korxonalarida xotin-qizlarning mehnat huquqlarini himoya qilishning holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘rovi natijalari;
  • Senat Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mitasining 2021 yil va 2022 yilning birinchi choragidagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring