Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangiyo‘lda haqini so‘rab kelganlarni o‘ldirib so‘ng yoqib yuborgan shaxs ushlandi

Yangiyo‘lda haqini so‘rab kelganlarni o‘ldirib so‘ng yoqib yuborgan shaxs ushlandi

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida joriy yil 23-mart kuni qotillik jinoyati sodir etildi.

Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning Xabar.uz’ga bergan ma’lumotiga ko‘ra, voqeaga o‘sha kuni soat 14:30 larda «Nurli Diyor» MChJ agronomi 62 yoshli K.A. hamda jamiyat mutaxassisi 39 yoshli S.G. larning Yangiyul tumanida yashovchi B.J.ni oldiga borib, unga ijaraga berilgan yer maydonlari uchun 40 mln so‘m miqdoridagi MChJ haqini talab qilgani sabab bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, bu jarayon o‘rtada kelib chiqqan nizo bilan davom etgan va fuqaro B.J. pul bermaslik maqsadida ularni dala shiyponiga olib kirgan va ikkalasini ham oshxona pichog‘i bilan qasddan o‘ldirgan.

So‘ng u o‘zining jinoiy harakatlarini yashirish maqsadida murdalarni yoqib yuborib, qolgan tana qoldiqlarini ariq bo‘yiga tashlab yuborgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «a», «j» va «i» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Gumonlanuvchi shaxs esa protsessual tartibda ushlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring