Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yuzini o‘zgartirgan vahshiy qotil 14 yildan so‘ng qo‘lga tushdi

Yuzini o‘zgartirgan vahshiy qotil 14 yildan so‘ng qo‘lga tushdi

Foto: «Police investigation task force / Reuters»

Yaponiyada yigit qotilligi uchun jazodan qochish maqsadida yuzini o‘zgartirgan, deb yozadi Daily Star.

Britaniyalik 22 yoshli Lindsi Xoker 2007-yil 24-mart kuni Tokioda zo‘rlangan va o‘ldirilgan. Uyining ostonasida bir yigit qizning yoniga kelib, ingliz tilini o‘rganishga yordam berishini so‘ragan. Talaba rozi bo‘lgan, to‘rt kundan keyin yigit bilan qiz uchrashgan, shundan so‘ng qiz g‘oyib bo‘lgan.

Qizning yalang‘och murdasi qum va tuproq bilan to‘ldirilgan qonli vannadan topilgan. Voqea joyi va jasad tekshirib ko‘rilganda yosh o‘qituvchi o‘limidan oldin zo‘rlanganligini ko‘rsatdi. Xokerning tanasi ko‘kargan, sochlari qirilgan edi.

Ko‘p o‘tmay gumon qilinayotgan qotilning shaxsiga aniqlik kiritildi. U 28 yoshli Tatsuya Ichixashi bo‘lib chiqdi. Politsiya gumonlanuvchining uyiga bostirib kirganida, u qochishga muvaffaq bo‘lgan. Qotillikni tergov qilayotgan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari uzoq vaqtgacha uning iziga tusha olishmadi. Shahar bo‘ylab tarqatilgan jinoyatchining fotosuratlari ham, e’lon qilingan mukofotlar ham hech qanday naf bermadi.

Oradan ma’lum vaqt o‘tib Ichixashi haqidagi ma’lumotni plastik jarroh berdi: uning bemori qotil ekanligini boshida bilmagan. Ma’lum bo‘lishicha, yigit Okinava oroliga qochib ketgan va 14 oy davomida qurilish kompaniyasida ishlagan. Shundan so‘ng plastik jarrohlik amaliyotidan o‘tgan: jarroh burnini sal ko‘targan, ko‘z qovoqlariga burma qo‘shgan, lablarini yupqalashtirgan va yonog‘idagi xollarni olib tashlagan.

Natijada, bir necha yil o‘tgach Osakada gumondor Okinavaga paromga chiqmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi. Chiba sudi Ichixashini umrbod qamoq jazosiga hukm qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring