Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zoyir Mirzayev 2 ta hujjatli film uchun 300 mln. ajratdi

Zoyir Mirzayev 2 ta hujjatli film uchun 300 mln. ajratdi

Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev ikkita hujjatli film yaratish uchun qariyb 300 mln. so‘m pul ajratish haqida tegishli qarorlarni imzolagan.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston qahramoni Tojiboy Rizayev haqida hikoya qiluvchi «Tuganmas xazina» hamda Nurafshon shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini yoritib boruvchi «Nurafshon» hujjatli filmlarini tayyorlash va suratga olish uchun mahalliy budjetning zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 299 mln. 600 ming so‘m mablag‘ ajratilgan.

Shuningdek, Nurafshon shahar «Qumariq» MFY hududida joylashgan 0,50 gektar qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan er maydoni Toshkent viloyati madaniyat boshqarmasiga qo‘g‘irchoq teatri binosi qurilishi uchun doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berilgan.

Eslatib o‘tamiz, Davron Hidoyatov viloyat hokimi bo‘lgan paytda Nurafshon shahrida katta miqdordagi mablag‘ga haykal majmuasi va kutubxona binosi qurmoqchi bo‘lgani jamoatchilik orasida keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi.

Keyinroq ushbu hujjatni Zoyir Mirzayev bekor qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring