Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ar-Riyod aeroportiga hujumda ikki o‘zbekistonlik jarohat oldi

Ar-Riyod aeroportiga hujumda ikki o‘zbekistonlik jarohat oldi

Foto: Euronews

Saudiya Arabistoni poytaxti aeroportiga hujumda o‘zbekistonliklar jabrlandi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi. 

10-oktyabr kuni Ar-Riyodning Podshoh Xolid nomidagi xalqaro aeroporti 3-terminaliga ballistik raketa hujumi oqibatida O‘zbekistonning ikki fuqarosi yengil jarohat oldi, deydi TIV matbuot kotibi Omonulla Fayziyev. 

1977 va 1997-yillarda tug‘ilgan fuqarolarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, so‘ng Diriyah Hospital shifoxonasiga yetkazilgan. Tibbiy tekshiruv va zarur muolajalardan so‘ng ikkala bemor ham shifoxonadan javob berilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa vaqtida aeroport hududida bo‘lgan yana 20 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi jabrlanmagan.

«O‘zbekistonning Ar-Riyoddagi elchixonasi Saudiya Arabistonining tegishli organlari bilan birgalikda vaziyat rivojini kuzatishda davom etmoqda, fuqarolarimiz bilan doimiy aloqada bo‘lib, ularga zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatmoqda», — dedi Omonulla Fayziyev

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring