Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Barcha siyosiy partiyalarga saylovlarda qatnashishga ruxsat berildi

Barcha siyosiy partiyalarga saylovlarda qatnashishga ruxsat berildi

Foto: Markaziy saylov komissiyasi

Bugun, 15-oktyabr kuni soat 11.00 da Xalqaro matbuot markazida Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi videoselektor tarzida bo‘lib o‘tdi.

Markaziy saylov komissiyasi a’zolari, siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari, OAV xodimlari ishtirok etgan yig‘ilish kun tartibiga to‘rtta masala kiritildi.

2019-yil 10-oktyabrdan boshlab mamlakat siyosiy maydonida faoliyat olib borayotgan beshta siyosiy partiya vakolatli vakillari tomonidan Markaziy saylov komissiyasiga Saylovchilar tomonidan siyosiy partiyaning saylovda ishtirok etishini qo‘llab quvvatlovchi imzolari qo‘yilgan imzo varaqalari taqdim etilgandi.

11-14-oktyabr kunlari imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirish uchun Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tuzilgan tarkibiga MSKning doimiy asosda ishlovchi a’zolari ichki ishlar va adliya organlarining xatshunos ekspertlari, mutaxassislari, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlari vakillari jalb etilgan Ekspert guruhi tekshirib chiqib, ijobiy xulosa berdi. Ushbu jarayonda siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari ham qatnashdilar.

Bugungi yig‘ilishda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Ekspert guruhining ijobiy xulosalariga muvofiq «Siyosiy partiyalarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovida qatnashishiga ijozat berish to‘g‘risida» qaror qabul qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring