Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Janubiy Koreyaga tashrif sanasi ma’lum bo‘ldi

Janubiy Koreyaga tashrif sanasi ma’lum bo‘ldi

Prezident Mun Chje In va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Seulda ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan sammit o‘tkazadi.

Davlat rahbari 16 dekabr kuni uch kunlik davlat tashrifi bilan Janubiy Koreyaga boradi. 17 dekabrda sammit bo‘lib o‘tadi.

2022 yilda Janubiy Koreya va O‘zbekiston diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 30 yilligi nishonlanadi. Sammitda ikki xalq o‘rtasidagi «kelajakka yo‘naltirilgan va o‘zaro manfaatli» hamkorlikni chuqurlashtirish chora-tadbirlari muhokama qilinishi kutilmoqda.

Mirziyoyev 2017 yilda Janubiy Koreyaga davlat tashrifi bilan borgan va Milliy Assambleyada nutq so‘zlagan edi.

Mun Chje In O‘zbekiston prezidentiga yuborgan tabriknomasida Shavkat Mirziyoyevni Janubiy Koreyaga taklif qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring