Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek-qozoq davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha muhim kelishuvga erishildi

O‘zbek-qozoq davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha muhim kelishuvga erishildi

25-iyul – 5-avgust kunlari Olma-ota shahrida O‘zbekiston-Qozog‘iston qo‘shma demarkatsiya komissiyasidagi O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumat delegatsiyalarining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralarda O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi ikki tomonlama shartnoma loyihasining matni bo‘yicha kelishuvga erishildi va chegarani demarkatsiya qilish bo‘yicha yakuniy hujjatlar loyihalari jamlanmasini shakllantirish yakunlandi.

Navbatdagi uchrashuv diplomatik kanallar orqali kelishilgan sanada O‘zbekistonda tashkil etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring