Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston va Turkmaniston davlat chegarasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi

O‘zbekiston va Turkmaniston davlat chegarasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi

Foto: O‘zbekiston TIV

Nukus shahrida 2019-yilning 30-sentyabr – 6-oktyabr kunlari O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha qo‘shma O‘zbekiston-Turkmaniston hukumatlararo komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV xabar berdi.

Tadbir davomida tomonlar demarkatsiyaning me’yoriy-texnik hujjatlarini solishtirib chiqdilar va ularni O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha qo‘shma O‘zbekiston-Turkmaniston hukumatlararo komissiyasi tomonidan tasdiqlashga kiritishga kelishdilar.

Uchrashuvda, shuningdek, o‘zaro chegarada aerofotosuratga olish yuzasidan fikr almashildi.

Muzokaralar yakunida delegatsiyalar rahbarlari — O‘zbekiston Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari To‘lqin Abdullayev va Turkmaniston Mudofaa vazirligining 5-sonli korxonasi rahbari Mamed Mamedov tomonidan tegishli bayonnoma imzolangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring