Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda ham Eron prezidenti saylovi o‘tkazildi

O‘zbekistonda ham Eron prezidenti saylovi o‘tkazildi

Eron Islom Respublikasi prezidenti Sayid Ibrohim Raisiy fojiali tarzda vafot etganidan keyin bugun – 2024 yil 28 iyun, juma kuni Eron Islom Respublikasida hamda davlatning xorijiy mamlakatlarda ochilgan saylov uchastkalarida navbatdan tashqari prezident saylovlari bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, O‘zbekiston hududida vaqtincha yashab turgan eronliklar Eron Islom Respublikasining Toshkentdagi elchixonasida ochilgan saylov uchastkasiga kelib, mamlakat prezidentligiga ko‘rsatilgan 4 nafar nomzoddan o‘zlari xohlagan bittasini tanlab, ovoz berishdi. Bu haqda Eron elchixonasi Xabar.uzga ma’lumot berdi. 

Eron Islom Respublikasi konstitutsiyasiga ko‘ra prezident vafot etgan taqdirda 50 kun ichida navbatdan tashqari prezident saylovlari bo‘lib o‘tadi.

Shungacha bo‘lgan muddatda prezidentning birinchi o‘rinbosari vaqtinchalik prezident vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat ko‘rsatadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring