Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston elchixonasi O‘zbekiston rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi

Qozog‘iston elchixonasi O‘zbekiston rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi

Kecha, 23 aprel kuni O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari telefon orqali muloqot qilgani haqida xabar bergan edik.

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevga keng miqyosli toshqinlar oqibatida insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik izhor etgan.

O‘z navbatida, Qozog‘iston rahbari qardoshlik ko‘magi va birdamligi uchun O‘zbekiston prezidenti hamda xalqiga minnatdorlik bildirgan.

Qozog‘istonning Toshkentdagi elchixonasi ham mamlakatimiz xalqi va rahbariyatiga tashakkur bildirgan holda bayonot tarqatdi.

«Elchixona Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning minnatdorlik so‘zlariga qo‘shilib, ittifoqchi davlat sifatida ko‘rsatilgan ko‘mak uchun O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi va hukumatiga tashakkur izhor etadi, o‘zbek xalqining bag‘rikengligini alohida e’tirof etadi», – deyiladi bayonotda.

Avval xabar berganimizdek, Qozog‘istonda kuzatilgan keng ko‘lamli suv toshqinlarini Q.To‘qayev mamlakatda so‘nggi 80 yilda yuz bergan eng yirik ofat deb atadi.

20 aprel kuni prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq qo‘shni davlatda yuz bergan suv toshqinlari oqibatida zarar ko‘rgan aholiga 15 ta katta yuk hajmli avtoulovlarda oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, gigiyenik vositalar, maxsus qurilmali chodirlar, rezina qayiq to‘plamlari va boshqa zarur buyumlardan iborat insonparvarlik yordami yuborildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring