Saida Mirziyoyeva Donald Tramp bilan uchrashdi
O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi.
«AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashish hamda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy va ezgu tilaklarini yetkazish men uchun katta sharafdir», deya ma’lum qildi Saida Mirziyoyeva o‘z sahifasida.
Saida Mirziyoyeva avvalroq BAA prezidenti bilan ham uchrashgandi. Muloqot davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter