Shavkat Mirziyoyev Gruziya bosh vazirini tabrikladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlatimiz rahbari Irakliy Kobaxidzeni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘liq, Gruziya xalqiga farovonlik va bardavom ravnaq tiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 2-3-iyul kunlari Gruziyaga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston – Gruziya strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zaro savdo hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, shuningdek, Gruziyaning Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport jihatidan o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Ma’lumot uchun: Irakliy Kobaxidze 1978-yil 25-sentyabrda Tbilisida tug‘ilgan (48 yoshda). 2024-yil 8-fevraldan — Gruziya bosh vaziri.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter