Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Muhammad bin Zoid Ol Nahayonga tabrik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Muhammad bin Zoid Ol Nahayonga tabrik yo‘lladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari, Abu Dabi Amirligi valiahdi Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonni mamlakat Prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi.

«Sizning so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Amirliklar o‘rtasidagi ko‘p qirrali va uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini har tomonlama mustahkamlashga qo‘shib kelayotgan beqiyos amaliy hissangizni va ko‘rsatayotgan e’tiboringizni katta mamnuniyat bilan e’tirof etmoqchiman.

Kelgusida ham birgalikdagi qat’iy intilishlarimiz va doimiy muloqotlarimiz natijasida davlatlarimiz o‘rtasida jadal rivojlanib borayotgan o‘zaro ishonch, yuksak hurmat va bir-birini qo‘llab-quvvatlash tamoyillariga asoslangan sherikligimiz izchil kengayib borishiga aminman», deyiladi, jumladan, davlatimiz rahbarining maktubida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring