Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryodagi tumanda 4 sektor rahbari almashdi

Surxondaryodagi tumanda 4 sektor rahbari almashdi

Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida prezident tashrifidan keyin 4 sektor rahbar ishdan olingan. Bugun, 22-oktyabr kuni Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazilgan.

Sessiyada Alisher Amirov tuman hokimi, Bahodir Yunusov tuman prokurori, Behzod Aminqulov tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, Shuhrat Jumayev tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tasdiqlangan.

Tumanning avvalgi hokimi O‘ral Boboqulov boshqa ishga o‘tgan. Yangi hokim esa bungacha viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring