Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tanzila Norboyeva: «Jurnalist va blogerlarga muammolarni ko‘tarayotgani uchun rahmat. Aslida bu — partiyalarning ishi»

Tanzila Norboyeva: «Jurnalist va blogerlarga muammolarni ko‘tarayotgani uchun rahmat. Aslida bu — partiyalarning ishi»

Foto: Xabar.uz

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva turli muammolarni ko‘tarib chiqayotganlari uchun jurnalist va blogerlarga minnatdorchilik bildirdi. Senat raisi shu bilan birga partiyalarni o‘z vazifasini bajara olmayotganlikda ayblab, tanqid qilgan.

«Bunday olib qaraganda odamlarning muammolarini ko‘tarib chiqadigan siyosiy kuch aslida partiyalar. Ammo ularning vazifasini hozir jurnalistlar bajaryapti, blogerlar bajaryapti.

Bu ishlarni ko‘proq partiyalar bajarishi kerak, og‘riqli nuqtalarni ko‘tarib chiqishi lozim. Ammo o‘z ishini amalga oshira olmayapti. Biz ommaviy axborot vositalariga va faol fuqarolarga rahmat aytishimiz kerak. Muammolarni hozir ular ko‘tarib chiqyapti», — deydi Tanzila Norboyeva.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring